Oriental University — Header

Bizning faxrli ustozlar

Avval xabar berganimizdek, Oriental universiteti jamoasi Malayziya-Indoneziya safarida bo‘lib qaytishdi.

Ushbu ilmiy safar davomida Indoneziyaning Bogor shahrida o‘tkazilgan Menejment, Texnologiya, Muhandislik va Dizayn (ICoMTED ) 2024 sohasiga bag‘ishlangan II Xalqaro konferensiyada Oriental universitetining 10 nafardan ziyod ustoz va talabalari mavzuga doir ma’ruza va nutqlari bilan faol ishtirok etishdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, mazkur konferensiyada Oriental universiteti Filologiya fakulteti «Sharq tillari» kafedrasi o‘qituvchisi Nodir Talipovning «Manuscripts and printed editions of «Al-awamil al-Mia fi-nahv» by Abdul Qahir al-Jurjani» nomli ingliz tilidagi ma’ruzasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan ustozimiz xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari ustozimiz Nodir Talipov joriy yilning noyabr oyida yurtimizda oltinchi bor o‘tkazilgan «Samarkand Marathon — 2024″da 6000 nafar o‘zbekistonlik hamda xorijlik ishtirokchilar orasida faol qatnashib, faxrli o‘rinni egalladi.