Oriental University — Header

Kurash bo‘yicha «Universiada — 2025» Respublika sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 27-28-yanvar kunlari Kurash bo‘yicha «Universiada — 2025» Respublika sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Toshkent shahrida joylashgan davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari jamoalari qatorida Oriental universitetidan Yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorining Sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi, jamoa rahbari Nodirbek Hudoyberdiyev boshchiligida universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, ushbu sport musobaqasida universitetning Jismoniy tarbiya fakulteti murabbiylari — Qahhor Umarov, Maqsudbek Mo‘ydinov, Gulzaroy Maʼmurbekova va Bobur Davidovlar ham qatnashdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra universitetimizning Jismoniy tarbiya fakulteti talabalari quyidagi natijalarni qayd etishdi:

✅ 70 kg vazn toifasi bo‘yicha 2-o‘rin — Charos Hoshimova;
✅ 87 kg vazn toifasida 3-o‘rin — Sayyora Keldiyeva;
✅ 100 kg vazn toifasida 3-o‘rin — Sharofiddin Rahmatov.

Universitet nomini sharafli himoya qilib, sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan talaba-sportchilarimizga omad va ulkan zafarlar tilaymiz!