Assalomu alaykum, universitetimizning jonkuyar, ilmga boy va mehridaryo ustozlari, hurmatli mehmonlar hamda aziz magistrlar! Fursatdan foydalanib, barchangizni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida yaqinda nishonlanadigan Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mustaqil diyorimiz …
Bugun Indoneziyaning Bali orolida joylashgan hashamatli Aryaduta mehmonxonasida “3-xalqaro menejment, texnologiya, muhandislik va dizayn konferensiyasi” o‘z ishini boshladi. Shu sababdan ayni kunlarda Oriental universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Malika Nasirova Indoneziya davlatida bo‘lib turibdi. Ushbu nufuzli ilmiy anjumanning …
Oriental universitetining “Tarix” kafedrasi tomonidan joriy yilning 20-noyabr kun uzoq o‘tmishimizni chuqur tahlil qilish, tarixiy xotirani mustahkamlash va yirik sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, Oriental universiteti professori Kamoliddin Shamsiddin tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Turkiston ilk o‘rta asrlarda: tarix va …
Assalomu alaykum, ushbu muhtasham “Turkiston” san’at saroyiga tashrif buyurgan aziz ota-onalar, hurmatli mehmonlar, muhtaram professor-ustozlar va albatta, bugungi bayramona yig‘ilishimizning asosiy sababchilari bo‘lgan Oriental universitetining ilk qaldirg‘ochlari bo‘lmish ilmga chanqoq, maqsadlari ulug‘, zabardast bitiruvchi talaba-yoshlar! Barchangizga Oriental universitetining ilk mevalarini …
Bugun O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bu hamkorlik natijasi o‘laroq, ayni damda Oriental universitetining «Sharq tillari» kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Sulton Qobus nomidagi Arab tilini o‘qitish institutida malaka oshirmoqda. Ushbu nufuzli dastur doirasida …
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni sportga jalb etish, ularning jismoniy hamda ma’naviy kamolotini ta’minlash bo‘yicha tizimli islohotlar izchil davom etmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan may oyi “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida respublika bo‘ylab …
Bugun Oriental universitetiga O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busa’idiy xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi xonim rektor Nozimjon Mamatoxunov hamrohligida universitet shart-sharoitlari hamda dars jarayonlari bilan batafsil tanishdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali …
Oriental universitetiga Turkiyaning Kırıkkale universiteti rektori, professor Ersan Aslan tashrif buyurdi. Ikki universitet vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘zaro tadqiqot ishlari, tadbirlar va doimiy taʼlim markazlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Ikki universitet uchun ham ilmiy va …
Erasmus+ Haftaligi doirasidagi ilk tadbir Toshkent shahrida, Oriental universitetida katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Mazkur axborot sessiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) hamda Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi hamkorligida tashkil etildi. Sessiyada kimlar qatnashdi?Tadbirda Toshkentdagi …
Bugun Oriental universitetiga Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv dargohlaridan biri bo‘lgan Karabük universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Karabük universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi koordinatori Adnan Uсur, Kutubxona va hujjatlashtirish boshqarmasi rahbari …
Joriy yilning 2-4 may kunlari Turkiyaning Nigde shahrida Ilmiy va Ta’limiy Tadqiqotlar Akademiyasi (ASES) va Niğde Ömer Halisdemir universiteti hamkorligida Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oriental universitetidan “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy va “Uzluksiz ta’lim …
Oriental universitetining Toshkent va Samarqand kampuslarida o‘tkazilgan Malayziyada tahsil olish bo‘yicha GRANT imtihonlarining saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 nafar talabamizni chin yurakdan tabriklaymiz! Ular endilikda dunyoning TOP-500 universitetlari qatoriga kiruvchi Malayziyaning Utara Universitetida 2025-yil kuzgi semestrdan boshlab GRANT asosida tahsil …











