Oriental University — Header

Oriental universitetiga O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busa’idiy xonim tashrif buyurdi

Bugun Oriental universitetiga O‘mon sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busa’idiy xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi xonim rektor Nozimjon Mamatoxunov hamrohligida universitet shart-sharoitlari hamda dars jarayonlari bilan batafsil tanishdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik doirasida ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Oriental universiteti va O‘monning Sulton Qobus universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash orqali ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini kuchaytirish borasida fikr almashdalar.