Oriental University — Header

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada yangi hamkorlik memorandumlarini imzolandi!

Bugun Indoneziyaning Bali orolida joylashgan hashamatli Aryaduta mehmonxonasida “3-xalqaro menejment, texnologiya, muhandislik va dizayn konferensiyasi” o‘z ishini boshladi. Shu sababdan ayni kunlarda Oriental universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Malika Nasirova Indoneziya davlatida bo‘lib turibdi. Ushbu nufuzli ilmiy anjumanning dastlabgi kuni dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar vakillarini bir maydonga jamladi.

“3-xalqaro menejment, texnologiya, muhandislik va dizayn konferensiyasi” mobaynida Oriental universitetining xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirish maqsadida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Vijaya Kusuma Surabaya universiteti (Universitas Wijaya Kusuma Surabaya) rektori, professor Raden Roro Nugrahini hamda Samarinda universiteti (Universitas 17 Agustus 1945 Samarinda) rektori, doktor Marjoni Rachman boshchiligida kelgusidagi istiqbolli rejalarni ilgari suruvchi hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, ushbu jarayonda Samarinda universitetining Iqtisodiyot va biznes fakulteti hamda Texnika fakulteti bilan ham alohida istiqbolli memorandumlar imzolandi. Mazkur hujjatlarni imzolash marosimida Surabaya va Samarinda universitetlari rektorlarining shaxsan ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning nafaqat rasmiy, balki strategik ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etdi.