Oriental University — Header

Ta’lim diplomatiyasi yo‘lida: Oriental va Karabük universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik

Bugun Oriental universitetiga Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv dargohlaridan biri bo‘lgan Karabük universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Karabük universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi koordinatori Adnan Uсur, Kutubxona va hujjatlashtirish boshqarmasi rahbari doktor Özjan Büyükgenç, universitet professori doktor Mehmet Özkaymak hamda tadqiqotchi Dilmurod Jo‘raevdan iborat delegatsiya vakillari Oriental universitetida kutib olindi.

Tashrif mobaynida universitet rektori Nozimjon Mamatoxunov boshchiligida o‘tkazilgan muzokaralar ikki tomonlama strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, tajriba almashish va xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Muzokaralar natijasida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, universitetimizning Xalqaro munosabatlar va aloqalar bo‘limi xodimlari Karabük universitetida bo‘lib, u yerda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishlari rejalashtirildi. Tashrif yakunida ikki tomon vakillari o‘zaro sovg‘alar almashish orqali do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashdi. Bu ezgu an’ana ikki tomonlama hurmat, samimiyat va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlovchi ramziy qadriyat sifatida yana bir bor namoyon bo‘ldi.