Oriental University — Header

Erasmus+ haftaligi: 1-kun — Toshkentda axborot sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

Erasmus+ Haftaligi doirasidagi ilk tadbir Toshkent shahrida, Oriental universitetida katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi. Mazkur axborot sessiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ Milliy ofisi (NEO) hamda Higher Education Reform Experts (HEREs) jamoasi hamkorligida tashkil etildi.

Sessiyada kimlar qatnashdi?
Tadbirda Toshkentdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining vakillari ishtirok etib, Erasmus+ dasturining yangi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Ular 2026-yilgi Call doirasidagi yangiliklar, CBHE Strand 1 bo‘yicha amaliy tavsiyalar va mavjud CBHE loyihalaridan olingan tajribalar bilan bo‘lishdilar.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Erasmus+ dasturining dolzarb imkoniyatlari
🔹 Yangi ishtirokchilar uchun amaliy tavsiyalar
🔹 Mavjud loyihalar asosida tajriba almashinuvi

Sessiya davomida ishtirokchilar nafaqat foydali bilimlarga ega bo‘lishdi, balki yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.