
Oriental universiteti pedagoglari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada
Joriy yilning 2-4 may kunlari Turkiyaning Nigde shahrida Ilmiy va Ta’limiy Tadqiqotlar Akademiyasi (ASES) va Niğde Ömer Halisdemir universiteti hamkorligida Xalqaro ijtimoiy fanlar konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Oriental universitetidan “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy va “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Komiljon Murotmusayev faxriy mehmon sifatida taklif etilib, yalpi majlisda nutq so‘zladilar. Shuningdek, universitetimiz vakillari Niğde Ömer Halisdemir universiteti rektori Hasan Uslu janoblariga Oriental universiteti rahbariyati nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdilar.



Konferensiyada Turkiya, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Marokash, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan 160 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etayotgani kabi Oriental universitetining 20 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va talabalari ham o‘z ilmiy ishlanmalari bilan faol qatnashdilar.


