
Oriental universitetining Axborot resurs markazidan talabalar tomonidan “Eng ko‘p so‘ralayotgan kitoblar” ro‘yxati
Kitobxon talabalar tomonidan eng ko‘p qiziqish bildirilgan adabiyotlar qatorida:
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar, xotiralar va izhorlardan tarkib topgan “Erkin Vohidov barhayot. Inson o‘zing” kitobi;

Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam qalamiga mansub, aybdorlik hissi, iztirob, armon, taskin hamda so‘zsiz va sassiz faryodlarni o‘zida aks etgan “Bizdan rozi bo‘ling, ota” romani;

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qalamiga mansub, 1964-1974 yillarda yozilgan, ikkinchi jahon urushi davridagi o‘zbek millati hayoti va bir qator dolzarb voqealarni o‘z ichiga olgan “Ufq” trilogiyasi;

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub, turli hayotiy voqealar va fojealar misolida dunyo muammolari haqida bahs yuritishga chorlaydigan, bir qator asarlardan tarkib topgan “Oqibat” qissalar to‘plami;

O‘zbek adabiyotida jiddiy hodisa darajasiga ko‘tarilgan asarlar muallifi, mahoratli yozuvchi Zulfiya Qurolboy qizi qalamiga mansub, ayollarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan “Ayol” kitobi o‘rin olgan.

ORIENTAL Matbuot xizmati


