Oriental University — Header

Nazariya va amaliyotning uyg‘unligi – sifatli ta’lim garovi!

Oriental universitetining Pedagogika fakulteti hamda Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, talabalarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish hamda xotin-qizlar salohiyatini oshirish maqsadida “Nazariya va amaliyot uyg‘unligi, dars jarayoniga kreativ yondashuv” mavzusida maxsus tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Pedagogika sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan zamonaviy ta’lim metodlari, kreativ yondashuvning ahamiyati, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish usullari, innovatsion pedagogik texnologiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbir mobaynida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’limiy faoliyatda foydalaniladigan innovatsion o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida ijobiy va salbiy munosabatning bola ruhiyatiga ta’siri, an’anaviy va kreativ ta’lim beruvchi pedagoglarning farqli jihatlari aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasi tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Aytish joizki, bu kabi tadbirlar nafaqat bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahoratini oshiradi, balki butun ta’lim tizimining rivojiga xizmat qiladi hamda zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oriental universiteti zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va pedagog kadrlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni davom ettiradi.