Oriental University — Header

An’anaviy xalqaro simpoziumda universitet professori ishtirok etdi

Buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda viloyatda 2025-yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” xalqaro simpoziumi o‘tkazildi. Simpoziumda Belgiya, AQSH, Vengriya, Pokiston, Rossiya, Eron, Misr, Ozarbayjon, Turkiya, Shimoliy Kipr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin davlatning, shuningdek, respublikamizning navoiyshunoslari, arboblar, madaniyat va san’at namoyandalari, yirik oliy o‘quv yurtlari professorlari qatorida Oriental universitetining “Sharq tillari” kafedrasi professori Salima Rustamiy ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.