Oriental University — Header

ORIENTAL TALABALARI XALQARO TURNIR G‘OLIBI

Toshkent shahrida Penchak Silat sport turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Ushbu nufuzli musobaqada Oriental universitetining Jismoniy tarbiya fakulteti talabalari oltita vazn toifasida ishtirok etib umumiy hisobda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro turnirning yakuniy natijalariga ko‘ra talabalarimiz – Umidjon Rahmatqulov (50-55 kg), Azizbek Boltaboyev (60-65), Mohirjon Sodiqov (80-85 kg) va Diyorbek Xudoyberdiyev (100 kg) faxrli 1-o‘ringa, Sayidabror Mirzaahmedov (75-80 kg) faxrli 2-o‘ringa, Azizbek Rahimboyev (65-70 kg) faxrli 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Quvonarlisi, ushbu talabalarimiz 2025-yilda Penchak Silat sport turidan o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi. Aytish o‘rinliki, mazkur xalqaro turnirda talabalarimizning yuqoro natijalarni qayd etishida murabbiylari – universitet birinchi prorektori maslahatchisi, dotsent Nodirbek Xudayberdiyev, professor Abduqahhor Umarov, Maqsudbek Mo‘ydinov, Sardor Mamadaliyev va Sanjar Soliyevlarning sayyi-harakatlari va mehnati tahsilga loyiqdir.