Oriental University — Header

Orientalda Xalqaro anjuman

Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oriental universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan “Innovatsion tadqiqotlarda Oʻzbekiston tarixining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga marhamat!

Xalqaro anjuman 2025-yilning 30-aprel kuni quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

➡️ O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik masalalari;
➡️ O’zbek davlatchiligi tarixi masalalari;
➡️ O‘zbekiston arxeologiyasidagi so‘nggi tadqiqotlar;
➡️ O‘zbekiston tarixiga oid manbalar tahlili va tavsifi;
➡️ O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb masalalari;
➡️ O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishning zamonaviy usullari;
➡️ Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston tarixining o‘rganilishi.

Talabgorlar joriy yilning 20-aprel sanasiga qadar mavzuga doir ilmiy maqolalarini o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida @Mr_Mirzohid yoki @PhDandDSc telegram manzillariga taqdim etishlari lozim!

Bonus: “Google Scholar”da indekslanish va elektron sertifikat!

ANJUMAN AXBOROT XATI (https://drive.google.com/file/d/1unCrGnDzLyrQFvynxMVORzGYVDb20FIb/view?usp=sharing)

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 975928998 (Mirzohid), 938691998 (Ulug‘bek)

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Noraztepa ko‘chasi 52-uy.