Oriental University — Header

Kibris Amerika universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Oriental universitetining Samarqand kampusida universitet rektori Mamataxunov Nozim Azizovich va Kiprda joylashgan Kibris Amerika universiteti delegatsiyasi o‘rtasida rasman hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, tomonlararo ilmiy-anjumanlar tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talaba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tadqiqot va ilmiy ishlarni olib borish masalalari borasida so‘z bordi.