Oriental University — Header

ASES akademiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Oriental univeristetining Samarqand kampusida, ASES akademiyasi va Oriental universiteti o‘rtasida rasman hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra tomonlararo xalqaro anjumanlar, professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish borasida kelishuvga erishildi. Qolaversa, ASES akademiyasi tomonidan Oriental universiteti rektori Mamataxunov Nozim Azizovich hamda professor-o‘qituvchilarimizga, universitetimiz nomidan esa akademiya delegatsiyasiga o‘zaro esdalik sovg‘alari topshirildi.