Oriental University — Header

ORIENTALDA ILMIY SALOHIYAT OSHIB BORMOQDA!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) qaroriga muvofiq Oriental universitetining Pedagogika fakulteti “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasining v.b. professori Dildora Nazarova professor ilmiy unvoniga, Filologiya fakulteti “Sharq tillari” kafedrasining v.b. dotsentlari Akmaljon Ikromjonov, Jahongir Turdiyev hamda Jismoniy tarbiya fakultetining “Jismoniy tarbiya” kafedrasi v.b. dotsenti Aʼzam Boltayevlar dotsent ilmiy unvoniga sazovor boʻldilar.

Shu munosabat bilan Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamataxunov ustozlarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan tabriklab, Dildora Nazarovaga professorlik diplomini, Akmaljon Ikromjonov, Jahongir Turdiyev va Aʼzam Boltayevlarga esa dotsentlik diplomlarini topshirdi.

Universitet jamoasi ham ustozlarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi va ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!