
Oriental universitetida xalqaro hamkorlik sari navbatdagi dadil qadamlar!
Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari oliy ta’lim muassasalari rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Shu boisdan Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim maskanlari bilan Oriental universiteti o‘rtasida yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Yaqin kunlarda Oriental universiteti va A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Murmansk davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan universitetimiz faoliyatini keng targ‘ib qilish va tajriba almashish maqsadida “Jismoniy tarbiya” kafedrasi v.b. professori Qahhor Umarov Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytdi.



Oriental universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirishda davom etadi!


