
Orientalda Xitoy bilan hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda!
Oriental universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin Ruipan xalqaro ta’lim texnologiyalari kompaniyasi (BRIETC) Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Joanna Van Huan hamda kompaniyaning Ichki bo‘lim boshlig‘i Chen Li xonimlar mehmon bo‘lishdi. Uchrashuv davomida Oriental universiteti va BRIETC o‘rtasida anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi. Ushbu memorandum doirasida o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, talabalar uchun madaniy-o‘quv safarlarini yo‘lga qo‘yish, Xitoy tilini chuqur o‘rganish uchun stipendiyalar joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Shuningdek, memorandum doirasida Oriental universiteti delegatsiyasining Xitoyga rasmiy tashrifi ham rejalashtirilmoqda.






Pekin Ruipan xalqaro ta’lim texnologiyalari kompaniyasi (BRIETC) vakillarining tashrifi davomida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Malika Nasirova ishtirokida uchrashuv ham o‘tkazildi. Unda xalqaro konferensiyalarda hamkorlikda qatnashish, universitet ilmiy jurnallarida maqolalar nashr etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, BRIETC vakillari universitetning o‘quv auditoriyalari va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishib, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildilar.








