
TURKIYANING ORDU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI!
Bugun Oriental universitetida Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri Ordu universiteti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan mehmon bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida universitet rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Orhan Baş, rektor yordamchisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Hakan Timur, universitet huzuridagi Aybastı kasb-hunar kolleji direktori, dotsent Kamil Yavuz, universitetning Tarix bo‘limi mudiri, professor Ömer Erden hamda falsafa fanlari doktori, dotsent Murat Özkan ishtirok etdilar. Tashrif davomida Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov boshchiligida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazildi.









Muzokaralar yakunida ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni qamrab olgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun: 2006-yilda tashkil etilgan Ordu universiteti bugungi kunda Turkiyada tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari, qishloq xo‘jaligi, biologiya hamda tarix yo‘nalishlarida yetakchi ilmiy salohiyatga ega. Universitet tarkibida 13 ta fakultet, 3 ta ilmiy-tadqiqot instituti va 10 dan ortiq kasb-hunar kollejlari faoliyat yuritmoqda.
ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


