Oriental University — Header

ORIENTALDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI!

Bugun Oriental universitetida xalqaro miqyosdagi yirik ilmiy tadbir “Zamonaviy ilm-fan va ta’limning dolzarb masalalari: muammolar, vazifalar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlarning nufuzli olim va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Anjumanda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion yondashuvlar hamda global ilmiy integratsiya masalalari onlayn va oflayn formatlarda atroflicha muhokama qilindi. Mazkur anjumanda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari vakillari, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Indoneziya, Misr va Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlardan ilmiy hamjamiyat vakillari qatnashishdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda zamonaviy ta’lim jarayonidagi muhim muammolar, taklif va yechimlar alohida sho‘balarga ajratilgan holda muhokama qilinib, olim va tadqiqotchilar o‘zaro tajriba almashdilar. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

ORIENTAL MATBUOT XIZMATI