
ORIENTAL UNIVERSITETI PROFESSORI XITOYDA O‘TGAN NUFUZLI ILMIY ANJUMANDA!
2025-yil 18-20-oktyabr kunlari Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Fujian provinsiyasining Nanping shahrida “Chju Si falsafasi va jahon sivilizatsiyalari muloqoti” konferensiyasi hamda to‘rtinchi Kaoting forumi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan Oriental universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari nomzodi, professor Malika Nasirova Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi hamda mazkur nufuzli konferensiyada ishtirok etib, xalqaro miqyosdagi yetakchi olimlar, ta’lim sohasidagi mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashdi.



AQSh, Janubiy Koreya, Malayziya, Marokash, Jazoir, Misr, Hindiston, Pokiston, Suriya, Somali, Madagaskar, Turkmaniston va Ozarbayjon kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan anjumanda UNESCO Bosh konferensiyasining 42-sessiyasi prezidenti Simona-Mirela Mikulesku, Fujian viloyatining yuqori martabali amaldorlari, xalqaro birodar shaharlar vakillari, diplomatlar, ilmiy doiralar namoyandalari hamda Chju Sining avlodlari qatnashdilar.



ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


