
QOZOG‘ISTON UNIVERSITETI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK!
Ta’lim va ilm-fan integratsiyasi tobora global tus olayotgan bugungi davrda xalqaro hamkorlik oliy ta’lim muassasalari taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda. Shu maqsadda Oriental universiteti hamda Oʻzbekali Jenibekov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti oʻrtasida ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.



Memorandum doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘quv adabiyotlarini hamkorlikda nashr etish, xalqaro bazalarda maqolalar chop etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, onlayn va oflayn darslar orqali tajriba almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yish va boshqa shu kabi ustuvor vazifalar rejalashtirilgan. Quvonarli tomoni shundaki, ushbu hamkorlik doirasida Oriental universitetining “Jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 27-oktabrdan boshlab Janubiy Qozog‘iston universiteti talabalari uchun 72 soatlik onlayn mashg‘ulotlar olib boradilar.



Mazkur tashabbus ilmiy integratsiyani kuchaytirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda universitetning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


