
REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI!
Yoshlar bilan ishlash, ularni qiynayotgan masalalarga atroflicha yechim topish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Oriental universiteti rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nozim Mamataxunov va oliygoh talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.



Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalarga o‘z fikr va takliflarini bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi. Uchrashuv davomida talabalar universitetning tashkil etilish tarixi, faoliyat yo‘li va erishilgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, talabalarning ta’lim jarayoniga oid savollari, tashabbuslari va takliflari tinglandi hamda ular bilan birga kelgusida universitetda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan innovatsion loyihalar va dasturlar muhokama qilindi. Tadbir davomida rektor Nozim Mamataxunov yoshlar bilan ishlashdagi davlat siyosati, ularning bilim va malakasini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar hamda universitet tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Talabalar o‘z navbatida ta’lim jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi tajribalar va amaliyot bilan bog‘liq fikr-mulohazalarini bildirgan holda samarali muloqot muhitini yaratishdi.



Shu tariqa, “Rektor va yoshlar uchrashuvi” nafaqat talabalar fikrini tinglash, balki ularni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali platforma bo‘ldi. Tadbir yoshlarni rag‘batlantirish va ularni universitet rivojiga faol jalb etishda muhim qadam sifatida e’tirof etildi.



ORIENTAL Matbuot xizmati


