
ORIENTAL UNIVERSITETIDA ILMIY SALOHIYAT OSHMOQDA!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) qaroriga muvofiq, universitetimiz jamoasi uchun faxrli yangilikni e’lon qilamiz! “Jismoniy madaniyat” kafedrasi v.b. professori Murodov Kamoliddin Nuritdinovich “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga ega boʻldi. Oriental universitetining Samarqand kampusi Umumiy ishlar bo‘yicha rektor maslahatchisi Muxiddinov Sunnatullo Inoyatovich esa “Oʻzbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.


💐 Universitet jamoasi ham ustozlarni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi va ularning kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!
ORIENTAL Matbuot xizmati


