
BITIRUVCHILAR BANDLIGI — USTUVOR VAZIFA SIFATIDA!
Oriental universitetida rektor Nozim Mamataxunov rahbarligida 2025/2026-o‘quv yilida bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida joriy o‘quv yilida bitiruvchi talabalarning ishga joylashish jarayonini samarali tashkil etish, ularning Career Centre platformasiga biriktirilganlik holati, Talabalar bandligi va amaliyoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 2024/2025-o‘quv yilida bitirgan talabalarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari va toifalarga ajratilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.






Uchrashuv yakunida rektor tomonidan mas’ul xodimlarga joriy o‘quv yilida bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash muddati 20-noyabr sanasigacha etib belgilandi.
ORIENTAL Matbuot xizmati


