
INDONEZIYA BILAN TA’LIM VA ILMIY INTEGRATSIYA SARI MUHIM QADAM!
Ayni kunlarda Oriental universiteti mas’ullari – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Hayotjon Aminov hamda mutaxassis Abbosxo‘ja Sattorovlar xizmat safari doirasida Indoneziya davlatida bo‘lib turibdi. Mazkur tashrif institutimiz uchun samarali bo‘lib, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Safar davomida universitetimiz delegatsiyasi Bogor qishloq xo‘jaligi universitetiga (IPB University) tashrif buyurib, Biznes va boshqaruv maktabi dekani, professor Noer Azam Achsani bilan uchrashdi hamda bir qator muhim xalqaro kelishuvlarga erishildi. Xususan, Oriental universiteti va IPB universitetining Biznes va boshqaruv maktabi o‘rtasida Kelishuv xati (LoA) imzolandi.






Ushbu kelishuv doirasida universitetimizning “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
ORIENTAL Matbuot xizmati


