Oriental University — Header

TOP 400 TALIKKA KIRGAN UNIVERSITET BILAN HAMKORLIK: YANGI IMKONIYATLAR!

Oriental universiteti vakillarining Indoneziya davlatiga safari davomida Bogor qishloq xo‘jaligi universitetining Global bog‘lanish, hamkorlik va bitiruvchilar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, professor Dr. Iskandar Zulkarnaen Siregar ishtirokida samarali muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan memorandum imzolandi. Kelishuvga muvofiq, kelgusida Oriental universitetining salohiyatli talabalari va professor-o‘qituvchilari Indoneziyada o‘qishlarini davom ettirish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, kelishuv doirasida ko‘plab qo‘shma o‘quv dasturlari, ilmiy-tadqiqot uchrashuvlari hamda talaba-yoshlar uchun foydali bo‘lgan boshqa hamkorlik loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun: IPB universiteti QS World University Rankings 2026 reytingida dunyoda Top 400 talikka kiritilgan. Fanlar bo‘yicha QS reytingida (Agriculture & Forestry – Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi) 2025-yil natijalariga ko‘ra, universitet dunyo miqyosida 49-o‘rin, Osiyoda 10-o‘rin va Janubi-Sharqiy Osiyoda 1-o‘rinni band qilgan. Shuningdek, QS Asia University Rankings 2026 bo‘yicha IPB University Osiyoda 82-o‘rinni egalladi. Bu natijalar universitetning xalqaro maydondagi obro‘si va sifatli ta’lim bilan tanilganligini yaqqol ko‘rsatadi.

ORIENTAL Matbuot xizmati