Oriental University — Header

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN!

Bugun Oriental universitetida yirik sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, Oriental universiteti professori Kamoliddin Shamsiddinning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Turkiston ilk o‘rta asrlarda: tarix va tarixiy geografiya (VI–VIII va IX–XIII asrlar)” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjuman Sharq va Turkiston mintaqasining ilk o‘rta asrlardagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy jarayonlariga oid ilmiy masalalarni kompleks tadqiq etish, tarixiy geografiya bo‘yicha zamonaviy ilmiy yondashuvlarni ilgari surish va ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan izlanishlarni yangi metodologik bosqichga ko‘tarish maqsadida tashkil etildi.

“Turkiston ilk o‘rta asrlarda: tarix va tarixiy geografiya (VI–VIII va IX–XIII asrlar)” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya va boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy markazlaridan taniqli sharqshunoslar, tarixchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjuman davomida yozma tarixiy manbalarni tahlil qilish, arxeologik ma’lumotlarning ilmiy interpretatsiyasi, toponimika masalalari, davlatchilik model va tamoyillari, shuningdek, Turkistonning geosiyosiy o‘rni va uning tarixiy dinamikasi bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

💐 Oriental universiteti jamoasi taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Kamoliddin Shamsiddinning muborak 70 yoshlari bilan samimiy tabriklab ustozga mustahkam sog‘lik, farzandlar va shogirdlar kamolini tilaydi! Ustozning boy ilmiy merosi va fidoyiligi butun ilmiy hamjamiyat uchun ulkan namuna bo‘lib xizmat qiladi.

ORIENTAL Matbuot xizmati