Oriental University — Header

CELTA KURSLARI BO‘YICHA XORIJIY MUTAXASSISLAR TASHRIFI!

Oriental universitetiga O‘zbekistonda CELTA kurslarini tashkil etuvchi markazlardan biri “Edu-Action Exam Centre”ning tajribali xorijiy mutaxassislari — 30 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro CELTA treneri, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha yetuk mutaxassis Gerald Bagge hamda tajribali CELTA treneri, CELTA kurslarida metodika va amaliy o‘qitish bo‘yicha malakali ustoz John Curran tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet vakillari va mutaxassislar o‘rtasida muhokamalar va muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi va “Edu-Action Exam Centre” o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va CELTA kurslarini kengaytirish maqsadida memorandum imzolandi.

Shuningdek, Oriental universitetida “Edu-Action Exam Centre”ning tajribali xorijiy mutaxassislari — CELTA trenerlari Gerald Bagge va John Curran tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro seminar tashkil etildi. Ushbu seminar zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion pedagogik yondashuvlar, amaliy workshoplar hamda interaktiv activitylarni o‘z ichiga oldi. Mazkur seminar ishtirokchi pedagoglarga o‘zining pedagogik faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or xalqaro tajribalar, metodik yangiliklar va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etish imkoniyatini yaratdi.

ORIENTAL Matbuot xizmati