
ORIENTAL PROFESSORI XALQARO KONGRESSDA!
Ayni kunlarda Turkiyaning Sinop universiteti mezbonligida ASES (Ilmiy va ta’lim tadqiqotlari akademiyasi), Oriental universiteti va Kipr Amerika universiteti hamkorligida “11-Xalqaro ASES Ilmiy Tadqiqot Kongressi” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda universitetimizning “Tillar-1” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Salima Rustamiy ham faol ishtirok etmoqda. Kongressda O‘zbekiston, AQSH, Pokiston, Jazoir, Marokash, Nigeriya, Ruminiya, Ozarbayjon kabi dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar 30 ta ilmiy sessiya doirasida 200 ga yaqin ma’ruza bilan qatnashmoqda.



Ochilish marosimida Sinop universiteti rektori, professor Şakir Taşdemir, rektor o‘rinbosari, professor Muhitdin Yılmaz, kongress tashkiliy qo‘mitasi raisi, professor Serkan Yazıcı, ASES vakili, professor Mustafa Talas, Kipr Amerika universiteti vakili, doktor Emel Yılmazlar qatorida Oriental universiteti professori Salima Rustamiy ham o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Mazkur kongress xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini muhokama qilish va ilmiy almashinuvni kengaytirishga xizmat qilmoqda.



ORIENTAL Matbuot xizmati


