
ORIENTAL USTOZLARI XALQARO KONFERENSIYADA!
Oriental universitetining “Tillar-2” kafedrasi hamda “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro akademik dastur doirasida Indoneziya davlatida xizmat safarida bo‘lib turishgani haqida xabar bergan edik. Xizmat safari davomida universitetimiz vakillari Boburbek Hakimov va Farrux Turdiqulovlar Indoneziyaning yirik provinsiyalaridan biri bo‘lgan Java Baratda o‘tkazilgan “Hisob-kitob amaliyotida muvofiqlikni ta’minlash va xatarlarni kamaytirish” mavzusidagi 10-xalqaro ilmiy konferensiyada faol ishtirok etishdi.



Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida buxgalteriya sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Konferensiya so‘ngida universitetimiz professor-o‘qituvchilari o‘z faol ishtiroki va nutqlari uchun esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.



ORIENTAL Matbuot xizmati


