Oriental University — Header

ORIENTAL VA KARABÜK O‘RTASIDA ILMIY HAMKORLIK KENGAYMOQDA

Oriental universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, “Tillar-1” kafedrasi professori Rixsitilla Alimuhamedov rasmiy tashrif bilan Turkiyaning Karabük universitetida bo‘ldi. Tashrif davomida Karabük universitetining Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor İsmail Rakıp Karaş bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘quv jarayonini takomillashtirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. Safar doirasida universitetimiz vakili Karabük universitetining Inson va jamiyat fanlari fakulteti yuqori kurs talabalari, magistrantlari va izlanuvchilariga “Çağatay Türkçesi metinlerinde eş sesli kelimelerin semantiği” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘qidi.

ORIENTAL Matbuot ximati