Oriental University — Header

Turkiya ta’lim safari: talabalarimizning oʻquv jarayonlari boshlandi

Yaqinda katta orzu va ulkan maqsadlar bilan yo‘lga chiqqan Oriental universiteti talabalari bugun o‘z hayotlarining yangi sahifasini ochishdi. Kuni kecha ular hamda universitetimiz vakili Recep Tayyip Erdoğan University va Kırıkkale University rahbariyati bilan samimiy va mazmunli uchrashuvda ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarimizga ilm yo‘lida dadil qadam tashlash, yangi muhitga tez moslashish va bilimni samarali o‘zlashtirish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berildi. Bu suhbat ular uchun nafaqat yo‘l-yo‘riq, balki katta ilhom manbai bo‘ldi. Endilikda talabalarimiz ushbu nufuzli xalqaro universitetlarda o‘qishlarini ishonch bilan boshlab, o‘z kelajagi sari dadil qadam tashlamoqdalar. Ularning har bir qadami — bilimga, taraqqiyotga va yuksak marralarga eltuvchi yo‘ldir!