Oriental University — Header

Oriental talabalari CELTA instruktorlarining amaliy kursini muvaffaqiyatli yakunladilar!

Oriental Universitetining 8 nafar talabalari hamkorimiz EDU ACTION tomonidan tashkil etilgan, xalqaro CELTA instruktorlari tomonidan olib borilgan maxsus IDP CELTA amaliy kursini muvaffaqiyatli tamomladilar. IDP CELTA test markazida tashkil etilgan bir oylik kurs davomida talabalar zamonaviy metodika, darsni rejalashtirish, o‘quv jarayonida o‘rganuvchilarni yo‘naltirish hamda amaliy dars o‘tish ko‘nikmalarini egallashdi. Orientalning 8 nafar talabasi ushbu kursda bepul tahsil olib, kurs yakunida sertifikat hamda IELTS imtihoniga kirish uchun 25 foizlik vaucher bilan taqdirlandi. Talabalarimizni xalqaro darajadagi yana bir tajriba imkoniyatini muvaffaqiyatli egallaganlari bilan tabriklaymiz.