
Orientalda ilmiy salohiyat yanada yuksalmoqda!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq Oriental universitetining 6 nafar professor-o‘qituvchisiga ilmiy darajali unvonlar berildi — 1 nafar professor va 5 nafar dotsent.









Jumladan, universitetimiz rektori Nozim Mamataxunov dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, “Tillar-2” kafedrasi v.b. professori O‘ktam Esanov professor ilmiy unvoniga, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi ustozlari Jamol Mamadiyorov, Jamshid Shomurodov, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi ustozlari Gulchiroy Ismoilova hamda Hayrulla Haydarovlar dotsent ilmiy unvoniga loyiq ko‘rildilar.


