
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari!
Oriental universitetida Iqtisodiyot va Turizm yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur attestatsiya jarayonida bitiruvchilar o‘qish davrida egallagan nazariy bilimlari, shakllangan kasbiy ko‘nikma va malakalari hamda amaliy tayyorgarlik darajasini munosib tarzda namoyon etdilar. Yakuniy davlat attestatsiyasi bitiruvchilarning mutaxassislik bo‘yicha kompetensiyalarini baholash, ularning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlash va ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarning amaliy ahamiyatini sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi. Sinovlar attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan tartib va mezonlar asosida, xolislik hamda shaffoflik tamoyillariga amal qilingan holda tashkil etildi.


