Oriental University — Header

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari!

Oriental universitetida Pedagogika va psixologiya yo‘nalishining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari tashkil etildi. Mazkur sinovlar bo‘lajak pedagog va psixolog mutaxassislarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy kompetensiyalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, ularning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashning muhim bosqichi hisoblanadi. Attestatsiya jarayonida bitiruvchilar ta’lim davomida egallagan bilim va tajribalarini namoyish etib, mutaxassislik bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega ekanliklarini ko‘rsatdilar. Sinovlar belgilangan tartib va mezonlar asosida attestatsiya komissiyasi tomonidan shaffof va xolis tarzda o‘tkazildi.