
Magistrlik dissertatsiyalari himoyalari!
Oriental universitetida magistratura bosqichini tamomlayotgan magistrantlarning dissertatsiya himoyalari qizg‘in davom etmoqda. Ayni kunlarda Lingvistika (arab tili), Lingvistika (ingliz tili), Tarix hamda Menejment mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini ilmiy jamoatchilik va mutaxassislar e’tiboriga havola etmoqdalar. Himoya jarayonlarida magistrantlar tadqiqot mavzulari doirasida olib borgan ilmiy izlanishlari, nazariy xulosalari hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalarini taqdim etmoqda.









Dissertatsiya ishlari ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang ravishda dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularga ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etadi. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi magistrantlarning ilmiy salohiyati, tahliliy fikrlash qobiliyati, tadqiqotchilik ko‘nikmalari va mustaqil ilmiy faoliyat olib borishga tayyorgarlik darajasini namoyon etuvchi muhim yakuniy bosqich hisoblanadi. Oriental universiteti barcha magistrantlarga dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli yakunlashlarini, kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlar hamda yangi zafarlar tilaydi!


