
BMI himoyalari davom etmoqda!
Oriental universitetida bakalavriat bosqichini tamomlayotgan bitiruvchilar uchun bitiruv malakaviy ishlari (BMI) himoyalari qizg‘in davom etmoqda. Ayni kunlarda Tarix, Pedagogika va psixologiya, Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishlari bitiruvchilari o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalarini himoya qilmoqdalar. Himoya jarayonlarida talabalar ta’lim davomida olib borgan ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalari, nazariy va amaliy xulosalari hamda dolzarb masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarini attestatsiya komissiyasi e’tiboriga havola etmoqdalar. Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni baholash, ularning mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi muhim yakuniy bosqich hisoblanadi. Himoyalar davomida bitiruvchilar o‘zlarining ilmiy salohiyati, tahliliy fikrlash qobiliyati va mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha shakllangan kasbiy kompetensiyalarini namoyon etmoqdalar.














