TALABA EXPO–2026: YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR!
Bugun poytaxtda talaba va bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqot maydonini yaratishga qaratilgan “Talaba Expo – 2026” ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yirik tadbirda Oriental universiteti vakillari ham qatnashib, talaba va bitiruvchilar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar bilan tanishtirmoqda. Ko‘rgazma doirasida 800 dan ortiq ish beruvchi bilan uchrashuvlar, 10 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari, karyera rivoji va kasbiy yo‘nalish bo‘yicha yangi imkoniyatlar, tadbirkorlik va moliyaviy rivojlanish bo‘yicha loyihalar taqdim etilmoqda.
Sizni qiziqtirishi mumkin
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR BILAN BOSHLANDI!
Sentabr 7, 2026
Hurmatli talabalar!
Sentabr 7, 2026
