Oriental University — Header

“Karyera kuni – 2026”

Bugun Oriental universitetida “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Universitet hududida o‘tgan mazkur yirik tadbirda talaba-yoshlar, bitiruvchilar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 80 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar vakillari jam bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilib, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, stajirovka imkoniyatlari, kelajakdagi hamkorlik va zamonaviy mehnat bozori talablari yuzasidan batafsil suhbatlar olib borildi. Oriental universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni” nafaqat ish topish maydoni, balki yoshlarning professional rivoji, o‘z salohiyatini namoyon qilishi va real karyera yo‘lini boshlashi uchun muhim platformaga aylandi. Oriental universitetining 1 908 nafar bitiruvchisi rasmiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bu universitetda ta’lim va amaliyot uyg‘unligi izchil yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Oriental universitetida talaba faqat diplom olmaydi balki real tajriba, professional muhit, amaliy ko‘nikma va kelajak karyerasi uchun mustahkam poydevorga ega bo‘ladi!