Oriental University — Header

Talabalarimiz endi Yevropaga o‘qishga yuboriladi!

Xabaringiz bor, ayni damda Oriental universiteti delegatsiyasi ta’lim bo‘yicha hamkorlik safari bilan Yevropada. Safarning birinchi tashrifi Oriental universiteti Oriental universiteti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Universitet memorandum imzolagan navbatdagi oliy ta’lim muassasasi Polshaning National-Louis University (Wyższa Szkoła Biznesu) bo‘ldi.

Tashrif davomida Oriental universiteti delegatsiyasi National-Louis University rektori, professor Dariusz Woźniak tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda tomonlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, ta’lim jarayonlari va akademik faoliyat bilan yaqindan tanishildi.

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirildi:

— talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
— qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
— o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi va istiqbolli yo‘nalishlarini kengaytirish.

Shuningdek, 2026-yil sentabr oyidan boshlab Oriental universiteti talabalari National-Louis University’da talaba almashinuv dasturi asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur dastur talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda akademik mobillikni rivojlantirishga xizmat qiladi.