Oriental University — Header

Talabalarimiz Malayziyada O‘zbekiston madaniyatini munosib namoyish etmoqda!

Ayni paytda Oriental universitetining grant dasturi asosida Malayziyada tahsil olayotgan talabalari xalqaro miqyosdagi madaniy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Malayziyaning nufuzli Utara universitetida ta’lim olayotgan talabalarimiz UMM tomonidan tashkil etilgan “COLLECTOURS FESTIVAL” xalqaro festivalida qatnashdi. Mazkur festival turli mamlakatlardan kelgan talabalar o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirish, milliy qadriyatlar va an’analarni targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida ishtirokchi davlatlar o‘zlarining milliy madaniyati, urf-odatlari va an’analarini namoyish etdi. Oriental universiteti talabalari esa milliy liboslar, xalqimizning boy madaniy merosi va o‘zbekona qadriyatlar orqali O‘zbekistonni munosib tarzda tanishtirdi. Talabalarimizning xalqaro maydonda mamlakatimizning madaniy qiyofasini namoyon etishi, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli tahsil olayotgani Oriental universitetining xalqaro hamkorlik va akademik mobillik yo‘nalishidagi faoliyatining amaliy natijasi hisoblanadi.