
Malayziya Milliy mudofaa universiteti bilan hamkorlik!
alayziyada bo‘lib o‘tgan nufuzli “6th National and International Cekak Harimau Malaysia Silat Open Championship” musobaqasi doirasida Oriental universiteti uchun muhim xalqaro uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda Oriental universiteti birinchi prorektorining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Penchak Silat federatsiyasi vitse-prezidenti Nodirbek Xudoyberdiyev Malayziyaning yetakchi professorlari, sport sohasi ekspertlari hamda xalqaro mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.


Uchrashuvlar yakunida Oriental universiteti hamda Malayziya Milliy mudofaa universiteti (Universiti Pertahanan Nasional Malaysia — UPNM) tarkibidagi Mudofaa fitnes akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik doirasida talaba va mutaxassislar almashinuvini tashkil etish, sport ta’limi va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sport tayyorgarligi metodikalarini joriy etish masalalari belgilab olindi. Shuningdek, yaqin istiqbolda Oriental universitetining “Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun Malayziya Milliy mudofaa universitetida qisqa muddatli akademik dasturlar hamda almashinuv loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu hamkorlik talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, harbiy-sport fitnesi, sport fanlari va yuqori samaradorlikka yo‘naltirilgan zamonaviy mashg‘ulot tizimlarini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.



