
Sotsiologik tadqiqot
Sizdan bugungi kunda universitetimiz rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan hamda o‘quv jarayonida uchrayotgan ayrim salbiy holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur sotsiologik tadqiqotda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
Sizning javoblaringiz anonim tarzda qabul qilinadi. Tadqiqot natijalari umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanadi. Talabaning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanadi hamda tadqiqotda shaxsni aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlarni ko‘rsatish talab etilmaydi.
Savollarga javob berishda tegishli javob variantlaridan birini yoki savolda ko‘rsatilgan hollarda bir nechta variantni belgilang. Agar berilgan javob variantlari sizning fikringizni to‘liq ifodalamasa, o‘z fikringizni erkin tarzda bayon qilishingiz mumkin.
Eslatma: Hurmatli talabalar, mazkur tadqiqotda xolislik va haqqoniylikka rioya qilishingiz, yolg‘on, tuhmat va bo‘hton mazmunidagi ma’lumotlarni kiritmasligingiz, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlariga nisbatan shaxsiy adovat yoki boshqa subyektiv munosabatlardan kelib chiqib fikr bildirmasligingiz so‘raladi.
Sizni qiziqtirishi mumkin
YANGI O‘QUV YILI — YANGI ORZULAR BILAN BOSHLANDI!
