
Dzyudo bo‘yicha «Universiada — 2025» Respublika sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 6-fevral kuni Dzyudo bo‘yicha «Universiada — 2025» Respublika sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahrida joylashgan davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari jamoalari qatorida Oriental universitetidan Yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorining Sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi, jamoa rahbari Nodirbek Hudoyberdiyev boshchiligida universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi va sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.



Musobaqa natijalariga ko‘ra universitetimizning Jismoniy tarbiya fakulteti talabalari quyidagi natijalarni qayd etishdi:
🥉 70 kg vazn toifasida Charos Hoshimova 3-o‘rinni;
🥉 78 kg vazn toifasida Sayyora Keldiyorova 3-o‘rinni;
🥉 90 kg vazn toifasida Abror Ibrohimov 3-o‘rinni;
🥉 100 kg vazn toifasida Sharof Rahmatov 3-o‘rinni qolga kiritdi.



Universitet nomini sharafli himoya qilib, sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan talaba-sportchilarimizga omad va ulkan zafarlar tilaymiz!


