
E’TIROF!
Oriental universiteti mehnat jamoasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, yosh avlodni bilimli va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnati uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanishdi.






Universitet jamoasi barcha ustozlarni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar, ilmiy yutuqlar va mustahkam sog‘lik tilaydi.


