Oriental University — Header

Orientalning 4-tur grant talabalari Malayziyada!

Xabaringiz bor, Oriental universiteti o‘zining 12 nafar grant yutgan talabalarini Malayziyaga kuzatgan edi. Talabalarimiz Malayziyaga yetib borib, o‘qish oldidan ushbu mamlakat bilan yaqindan tanishish maqsadida sayohatni Kuala-Lumpur shahridan boshlashdi. Oriental universitetining 12 nafar talabasi dunyoning TOP-500 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Universiti Utara Malaysia (UUM)da 1 semestr davomida tahsil olishadi. Ushbu grant dasturi talabalarimiz uchun unutilmas lahzalar va boy tajribalar bilan esda qolishi shubhasiz.