
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Yoshlar – har qanday jamiyatning tayanchi va kelajagi. Ularning munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi esa nafaqat ijtimoiy barqarorlik, balki taraqqiyot garovi hamdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-fevraldagi PQ-61–sonli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, yoshlar bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Oriental universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida respublikaning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kikboksing Federatsiyasi, Toshkent shahar turizm boshqarmasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, o‘nlab umumta’lim maktablari, ishlab chiqarish fabrikalari, mehmonxonalar va turistik firmalar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etib, bilimli va tashabbuskor bitiruvchilarni jamoalariga chorladilar. Bu nafaqat yoshlar uchun katta imkoniyat, balki ish beruvchilar uchun ham malakali, yangicha fikrlaydigan mutaxassislarni topish uchun ajoyib maydon bo‘ldi.






Oriental universitetida o‘tkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi nafaqat ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, balki bitiruvchi yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida jonli va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, real kasbiy talablar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Mehnat yarmarkasi mobaynida universitetning bitiruvchi bosqich talabalariga kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha ish o‘rinlari taklif qilinib, ularning bilim va ko‘nikmalari amaliyotga yaqinlashtirildi. Bu esa nafaqat ishga joylashish masalasiga yechim balki mamlakatimizdagi malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni yoshlar salohiyati bilan to‘ldirishga qaratilgan muhim qadamdir.


