
Kasaba uyushmasi hisobot-saylov konferensiyasi: natijalar va yangi tarkib
Bugun Oriental universitetida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining uch yillik faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada avvalo Kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyatiga oid hisobotlari tinglandi. Unda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar atroflicha yoritildi. Ishtirokchilarning bir ovozdan bildirgan fikriga ko‘ra hisobot qoniqarli deb topildi va ushbu yutuqlar qo‘mita jamoasining fidokorona mehnati natijasi sifatida e’tirof etildi. Shundan so‘ng konferensiya kun tartibidagi asosiy masala — universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligini saylash jarayoniga navbat berildi. Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda ochiq ovoz berish yo‘li bilan qo‘mita raisligiga mehnat faoliyati davomida o‘zining tashabbuskorligi, sadoqati va tashkilotchiligi bilan jamoa e’tiborini qozongan Yuldashov Isomiddin Sidiqovichning nomzodi ilgari surildi.









Konferensiya a’zolarining ochiq ovozi va yuksak ishonchi bilan Yuldashov Isomiddin Sidiqovich yana besh yil muddatga Oriental universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga qayta saylandi. Shuningdek, konferensiya davomida universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangilangan tarkibi bo‘yicha ham muhim qarorlar qabul qilindi. Ochiq ovoz berish asosida qo‘mita a’zolari qayta saylandi va yangi tarkib rasmiy tasdiqdan o‘tkazildi. Mazkur jarayon natijasida Meliboev Mirkomil Habibullaevich nomzodi universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Kasaba uyushmasi faoliyatini yanada samarali va har tomonlama yoritilgan bo‘lishi uchun tarkibga turli bo‘lim vakillari jalb etildi. Jumladan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Oybek O‘rozaliyev, Xo‘jalik bo‘limi mudiri Ilhomjon Parpiev, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mutaxassisi Gulandom Abdullayeva, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi xodimi Maftuna Muydinova hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi vakili Qudrat Jumaniyozov qo‘mita a’zolari sifatida saylandi.


